18 июля 2017

VATANNI SEVMOQ LOZIM

Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo aylash, sarhadlarini ko‘z-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa ona-Vatanni chin dildan seva olishdan boshlanadi. Elu-yurtini jondan sevgan, uning xizmatiga doimo shay turganlargina yurtning sodiq ug‘loni bo‘la oladi. Vatanga sodiqlik, burchga masuliyat bilan yondashish kabi sharafli tuyg‘ularni shakllantirish har qanday zxamonda ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, manaviy tarbiya bugungi kunning eng muxim vazifasidir. Jizzax shahrida joylashgan 7359 va 7379 harbiy qismlarlarida xam manaviy-marifiy o‘quv mashg‘ulotlariga alohida etibor qaratilgan bo‘lib, unda, harbiy xizmatchilarga turli mavzularda, jumladan yurtimizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berib boriladi. Shu bilan bu yerda talim-tarbiya ishlari yuksak saviyada tashkil etilgan.

VATANNI SEVMOQ LOZIM

 Tarixdan yaxshi malumki, har bir mamlakatning tinch, osuda hayoti uning qudratli armiyasiga bog‘lik bo‘lgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni barpo etishga katta etibor qaratildi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi mustaqillikning chorak asri davomida mazkur tizimda ham izchil isloxotlar amalga oshirildi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barvarorligi, uning sarxadlari daxlsizligini taminlash buyicha taktik va srategik vazifalarni samarali hal etishga qodir milliy armiyamizni barpo etish buyicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda olib borildi. Yurtboshimiz tomonidan "Milliy armiyamiz mustaqillikning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" risolasida shunday takidlagan edi, "Armiyaning kuch kudratini to‘la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz Vatan va xalq o‘z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o‘g‘lonlarimizning manaviy-marifiy tarbiyasiga alohida etibor qaratish endi dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go‘zal hayotni o‘zi va oilasi kelajak avlodlari uchun ham beg‘ubor va boqiy saqlashga masul ekanini teran his eta olsin".

Mustaqillik biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni topishga zamin yaratdi. Shu bois, yurtimizning xar bir fuqarosi mustaqillikni bebaxo nemat sifatida qadrlab, uni asrab avaylashga, uning har bir kunidan samarali foydalanishga harakat qilishadi. Ayniqsa bunyodkorlik ishlarining kundan-kunga, yildan-yilga ko‘lami kengayib, shahar va qishloqlarimiz o‘zgacha chiroy ochmoqda. Yurtda tinchlik, osoyishtalik hukm surib, Vatan obod, xalq turmushi farovon kechmoqda. Mana shu farovon hayotni taminlashda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan ug‘lonlarning hissalari beqiyosdir.

Harbiylik, bu kasbning qanchalik masuliyatli va sharafli ekanligini xarbiy xizmatni o‘tagan insonlargina yaxshi anglashadi. Darhakikat, shuni faxr bilan aytish mumkinki, istiklol tufayli endilikda harbiy kismlarda askalarning munosib xizmat kilishlari uchun barcha shart-sharoitlar muxayyo etilgan. Askar, serjant va ofitserlarning xizmatni o‘tash joylaridagi ijtimoiy-madaniy sharoitlarini izchil va tizimli ravishda yaxshilash, xarbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash, harbiy shaharchalar qurish va ularni rekonstruksiya qilish doimo hukumatimiz etiborida. O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari qo‘shinlarida yurt chorlasa o‘tlarni kechib, suvlarga kiradigan, Vatan desa ikki qo‘llab jonini tutadigan, shijoat samoda ham sher yanglig‘, mard va jasur o‘g‘lonlarni ko‘rib ko‘z quvonadi.

G‘urur va iftixorimizni oshiruvchi, iymon-etiqodimizni butlovchi, ko‘zimizga tutiyo etib yashaydigan muqaddas sajdagohimizni asrab-avaylash o‘zimizning qo‘limizda. Ha, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz daxlsizligi ko‘p jixatdan Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan mard, jasur, va sergak harbiylarimizga bog‘liq. Shu bois mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlatimiz rahbari rahnamoligi va tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tizimini tubdan islox etish, modernizatsiyalash va zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan taminlashga alohida etibor qaratildi. Ana shu etibor samarasi o‘laroq o‘tgan kiska muddatda O‘zbekiston o‘zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta xayotini ishonchli ximoya kilishga kodir Qurolli Kuchlariga ega bo‘ldi, mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilma joriy etildi. Mazkur amaliy ishlar kelgusida Qurolli Kuchlar tizimini yanada takomillashtirishga o‘z xissasini qo‘shadi.

 

B.Ergashev, harbiy xizmatchi
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni

“O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”

“O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”
Bugun Jizzax shahri, Hamid Olimjon mahallasida istiqomad qiluvchi Axmurodovlar oilasida katta tantana. Ayniqsa, Ra’no opa Abdullaevaning sevinchini so‘z bilan ta’riflash qiyin.    

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.