12 июля 2017

Giyohvandlik-umr kushandasi

Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359 va 7379 harbiy qismlarda"Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni harbiy qism komandiri podpolkovnik A.R.Ortiqov ochib berdi, hamda harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik J.Bozorov olib bordi. Shuningdek, unda Jizzax viloyati narkologiya dispanseri shifokori va hamshiralari, hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda qism komandiri, podpolkovnik A.R.Ortiqov so‘zga chiqib, mazkur mavzuning hozirgi paytda dolzarb ahamiyat kasb etishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlarga harbiy jamoalarda o‘rin yo‘qligi hamda jamiyatimizda uning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Jizzax viloyati narkologiya dispanseri narkolog mutaxassisi-J.Kenjayev "Giyohvand va psixotrop moddalar iste'mol qilish holatlarining oldini olish, bunday kishining ahvolini aniqlash usullari” mavzusida ma'ruza qildi.

Giyohvandlik-umr kushandasi

Tadbir erkin, muloqot va savol-javob tarzida olib borildi. Mutaxassislar tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollariga aniq va batafsil javob berdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga "Adashganlar qismati” deb nomlangan videofilm namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir yakunida, harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik J.Bozorov yig‘ilish ishtirokchilariga giyohvand va psixatrop moddalarning inson salomatligiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta'sirlari hamda uning domiga tushgan og‘ufurushning azobli kechinmalari borasidagi ma'ruzasi bilan barchaning diqqatini o‘ziga jalb etdi. Xususan, ma'ruza jarayonida keltirilgan hayotiy misollar hamda real voqyelik asosida tayyorlangan qisqa video roliklar yig‘ilish qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Soha mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilarga giyohvandlikning oldini olishga chorlovchi targ‘ibot materiallari tarqatildi. Yig‘ilish yakunida harbiy qismlar qo‘mondonligi va tibbiyot hodimlari kelgusida giyohvandlikka qarshi kurashish borasida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro kelishib olishdi.

Jizzax shahridagi 7379-harbiy qism komandiri o‘rinbosari, kapitan Sh.Rajapov


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni

Navoiy tavalludining 575 yilligi

Navoiy tavalludining 575 yilligi
5 fevral kuni Uchtepa tumanida joylashgan, Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlarning birida mutaffakkir shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati

Jizzaxda “Yosh chegarachi” harbiy vatanparvarlik musobaqasi bo'ldi

Jizzaxda “Yosh chegarachi” harbiy vatanparvarlik musobaqasi bo'ldi
Jizzax shahridagi "N”-sonli harbiy qismda "Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.