07 ноября 2014

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdаgi majlisida mamlakatimizning 2015 yilgi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari qabul qilindi.

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati 

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlari asosida ishlab chiqilgan. Deputatlar ko’rib chiqqan va tasdiqlagan asosiy yo’nalishlarga ko’ra:

2015 yilda yalpi ichki mahsulotning 8 foizga, sanoat ishlab chiqarish mahsulotining 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotining 6 foizga, kapital qo’yilmalar xajmining 8,5 foizga o’sishi nazarda tutilmoqda.

Kelayotgan yilda davlat byudjetining ijtimoiy harajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12,8 foizni, ta’limga ajratiladigan harajatlar 7,3 foizni, sog’liqni saqlashga mo’ljallangan sarmoyalar 3,1 foizni, kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to’lovlari 1,3 foizni tashkil etadi.

Davlat budjetining ijtimoiy ta’minotga ajratilgan harajatlari joriy yilga nisbatan 1,2 baravardan ziyodga oshadi.

Madaniyat muassasalarini ta’mirlash va sport tadbirlarini o’tkazish uchun ajratiladigan mablag’lar miqdorini 2014 yilga nisbatan 1.24 baravarga oshirish rejalashtirilayapti.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan, mamlakatimiz shaharlarining me’moriy –rejaviy qiyofasini yaxshilashga doir davlat dasturlarining ro’yobga chiqarilishini ta’minlash uchun mablag’lar yo’naltirish 2015 yilda izchil davom ettiriladi. Bu sa’y-harakatlar mamlakatimiz shahar va qishloqlari aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratilishini ta’minlaydi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti fan va texnikaning eng ilg’or yutuqlariga, iqtisodiy masalalarni samarali boshqarishga va xalq ta’limi tizimiga tayanishi inobatga olinib, 2015 yilgi davlat byudjetida fan sohasi uchun yo’naltiriladigan harajatlar miqdorini 2014 yilga nisbatan 1,26 baravarga oshirish belgilanmoqda.


 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.

Huquqiy maslahatxona:Stipendiya soliqqa tortiladimi?

Huquqiy maslahatxona:Stipendiya soliqqa tortiladimi?
 Savol: Oliy o’quv yurti talabalariga beriladigan stipendiyadan ham soliq ushlab qolinadimi?

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar
 M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. 

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori